nigmi.uz

Image

Oʼzbekistonda gidrometeorologiya sohasi boʼyicha ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatining rivojlanish tarixi XIX asrning 70-yillaridan boshlanadi. Biz asosiy bosqichlarga qisqacha toʼxtalib oʼtamiz. Ushbu bosqichlar “Oʼrta Osiyo gidrometeorologiyasining rivojlanishi insholari” (1993) monografiyasida batafsil yoritilgan.

1867 yilda Toshkentda birinchi muntazam meteorologik kuzatuvlar olib borila boshlandi. Bu davr Turkiston oʼlkasi tabiatini oʼrganishni oʼz ichiga oladi. 1873 yildan Toshkent Аstronomiya rasadxonasi (TАO) faoliyat yurita boshladi. 1876 yilda tashkil etilgan «Toshkent» meteorologiya stansiyasi – rasadxonasi hozirgi vaqtda ham oʼz faoliyatini davom ettirmoqda. 1878 yilda Toshkent Аstronomiya va Fizika Observatoriyasining (TАiFO) “Vaqtinchalik Nizomi” tasdiqlanib, tez orada Turkiston oʼlkasi meteorologiya xizmatining yetakchi markaziga aylandi.

Turkiston oʼlkasining suv resurslarini oʼrganish va hisobga olish maqsadida 1910-yilda Turkiston qishloq xoʼjaligi va davlat mulki boshqarmasi qoshida tizimli uzluksiz kuzatish va tadqiqotlar olib borishga masʼul boʼlgan gidrometrik boʼlim tashkil etildi.